Rossiya va KXDR prezidentlari Uzoq Sharqda uchrashdi va muzokaralar olib bordi

15:00 25 Aprel 2019 Dunyo
712 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Uzoq Sharq federal universiteti kampusida KXDR yetakchisi Kim Chen Inni kutib oldi. Rossiya rahbari S korpusi yon qismiga chiqqan, bu yerda faxriy qorovul saf tortdi. Shundan soʻng tomonlar yopiq eshiklar ortida muzokaralar olib borishdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In bilan yuzma-yuz muloqotni batafsil deb atadi va tilga olingan mavzularni sanab oʻtdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Biz davlatlararo munosabatlarimiz tarixi haqida ham gaplashib oldik. Bugungi kun, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari haqida soʻz yuritildi”, - dedi Putin.

Shuningdek, davlat rahbarlari Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qilishdi.

“Vaziyat yaxshilanishi uchun ijobiy istiqbollarga ega boʻlish maqsadida nimani va qanday qilish kerakligi haqida fikr almashdik”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Uchrashuv Uzoq Sharq federal universitetining Russkiy orolidagi kampusida boʻlib oʻtdi.

Ikki soat davom etgan yuzma-yuz muloqotdan keyin muzokaralar ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan shaklda davom ettirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?