Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

22:02 28 Sentyabr 2019 Hujjatlar
436 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda.

Xususan, joriy yilning 6-22-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari oʻrtasida boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini koʻrsatib, birinchi oʻrinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qoʻshganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar ongida milliy gʻurur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun quyidagilar faxriy unvon va medallar bilan mukofotlansin:

“Oʻzbekiston iftixori”

Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli - Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim oʻgʻli - Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”

Kurbanov Marat Galiyevich - Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Qilichev Toʻlkin Maxmurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks boʻyicha murabbiyi

Erkayev Baxodir Turgunovich - Fargʻona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks boʻyicha murabbiyi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”

Zoirov Shaxobidin Shokirovich - Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin oʻgʻli - Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Roʻzmetov Dilshodbek Yusupbay oʻgʻli - Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

“Shuhrat” medali bilan

Axmedov Burxon Baxramovich - Paxtakor tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks boʻyicha murabbiyi, Jizzax viloyati

Qilichev Farruh Komilovich - Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks boʻyicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh.Mirziyoyev


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?