Rishtonda 1000 ta arzon uy-joy quriladi

09:25 25 Avgust 2019 Jamiyat
92 0

Hukumatning Rishton tumanini kompleks rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan tasdiqlangan Dasturga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun 83 ta investitsiya loyihalarini bajarish belgilandi.

Shuningdek, 2019-2021-yillarda tumanda maqsadli dasturlar asosida 1000 ta arzon uy-joylar qurilishi hamda 7 181 ta yangi ish oʻrni yaratish nazarda tutilmoqda.

Dastur ijrosi har chorakda kamida bir marta xalq deputatlari tuman kengashida muhokama qilib boriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?