Rio-de-Janeyro Tokio-2020 eshiklarini ochadi

12:13 27 Avgust 2019 Sport
122 0

28-avgust kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida pnevmatik qurollardan oʻq otish boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi start oladi. 3-sentyabrgacha davom etadigan Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Hamyurtlarimiz ayni paytda Rioga yetib kelishdi va tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib borishmoqda. Taʼkidlash joiz, mazkur bellashuvlarni kuzatib borish va vakillarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi rahbari Oybek Norinboyev ham Braziliyaga tashrif buyurgan. Hamyurtlarimiz musobaqada 10 metr masofadan pnevmatik miltiq va toʻpponchadan, shuningdek, 50 metrdan 3 xil holatda oʻq otish yoʻnalishlarida ishtirok etadilar. Terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:

Azizjon Muhammadrahimov

Margarita Orlova

Caidxon Sayfuddinov

Vladimir Svechnikov

Vadim Skorovarov

Muxtasar Tohirova.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?