Razvedka xizmati binosida voyaga yetmagan bola hayotdan koʻz yumdi

17:32 29 Oktyabr 2019 Dunyo
151 0

Rossiyaning Moskvadagi tashqi razvedka xizmati(TRX) markaziy ofisi hududidagi basseynga voyaga yetmagan bola choʻkib ketib, hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda RBK xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yosh bolani kuchli oqim choʻmilish havzasini tozalash tizimi tirqishiga tortib ketgan va u oʻsha joyga tiqilib qolgan.

Xabarga koʻra, xizmat xodimlari ushbu tirqishni profilaktikadan soʻng berkitishni esdan chiqarishgan. Bundan tashqari, tez yordam qoʻriqlanadigan(rejim) obyekt hududiga uzoq vaqt kira olmagan.

TRX rahbari Sergey Ivanov ushbu baxtsiz hodisaga izoh berishdan bosh tortgan.

“Fojea TRX ishiga taalluqli emas, shuning uchun bu borada izoh berish uchun menda hech qanday sabab yoʻq. Hozir yoʻq, bundan keyin ham boʻlmaydi”, degan u Gazeta.ru manbasiga.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?