RAVON ketma-ket toʻrtinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi


GM Uzbekistan kompaniyasining Rossiya bozoridagi savdo markasi RAVON avtomobil brendi Rossiyada 2018 yil sentyabr oyida birorta ham avtomobil sota olmadi. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qoʻmitasining yangi hisobotida qayd qilingan.
Hisobotda qayd qilinishicha, eng koʻp sotilgan yangi yengil avtomashinalar asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Shu bilan birga, 2018 yil sentyabr oyida avtomobillar savdosining 6,2 foizga oʻsishi kuzatilgan. 2017 yilning shu davriga taqqoslanganda 9 162 dona avtomobil koʻproq sotilgan, jami 157 371tani tashkil etgan. Umuman, 2018 yilning yanvar – sentyabr oylarida jami Rossiya bozorida jami 1 297 432 dona avtomobil sotilgan.
Biroq Oʻzbekistonning RAVON brendi Rossiya avtobozorida oʻz oʻrnini yoʻqotishda davom etmoqda. Korxona ketma-ket toʻrtinchi oydirki umuman avtomobil sota olmay kelmoqda. Oʻtgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 602 dona avtomobil sotishga muvaffaq boʻlgan va bu borada Rossiya bozorida kuchli 20talikka kira olgandi, 2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184ta RAVON brendidagi mashinalar sotilgan edi.
Taqqoslash uchun, sentyabr oyida Rossiya bozorlarida Lada 31 173, KIA 18 911, Hyundai 16 100 dona avtomobillarini sotishga muvaffaq boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, RAVON iyun, iyul va avgust oyida ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmagandi. Shunga qaramay, kompaniya iyul oyi soʻngida Rossiya bozori uchun chiqarilgan avtomobillari narxini keskin oshirgandi.
“Oʻzavtosanoat“ rahbari Shavkat Umurzoqov yaqinda bergan intervyusida GM Uzbekistan avtomobillarining Rossiyaga eksport qilinishi faqat zarar keltirayotgani haqida gapirgandi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: