Rasman: Senat raisi oʻrinbosari Svetlana Artikovaning vakolati muddatidan avval tugatildi

20:05 07 Noyabr 2019 Siyosat
420 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi Farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Svetlana Baymirzayevna Artikovaning vakolati muddatidan avval tugatildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi Farmoniga asosan Svetlana Baymirzayevna Artikova Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?