Rasman: Barcha sport musobaqalari va Oʻzbekiston chempionatlari qoldirildi

19:14 15 Mart 2020 Sport
239 0

Arxiv surat

2020-yil 16-martdan sanasidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha taʼlim muassasalari nomaʼlum muddatga yopildi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi bilan vazirlik tizimida faoliyat koʻrsatayotgan barcha taʼlim muassasalari, jumladan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBOʻSMlar, BOʻSMlaridagi pullik va bepul toʻgaraklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha toʻgaraklar nomuayyan muddatga taʼtilga chiqarilganini maʼlum qilamiz.

Shu bilan birga mamlakatimiz hududida oʻtkaziladigan barcha sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari hamda boshqa ichki musobaqalar ham nomaʼlum muddatga qoldiriladi”, — deya yoziladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?