Ramzan Qodirov koronavirusni yuqtirib olgani taxmin qilinmoqda

19:34 21 May 2020 Dunyo
125 0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Covid-19ga chalingan boʻlishi mumkin. Bu haqda Baza telegramm-kanali maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Ramzan Qodirov vatanidan Moskvadagi eng yaxshi klinikalardan biriga olib kelib joylashtirilgan.

Aslida u kasal boʻlib qolgani haqida bir necha kun oldin shifokorlarga murojaat etgan ekan. Vrachlar esa Checheniston rahbari oʻtkir nafas yoʻllari virusi infeksiyasi(ORVI)ni yuqtirib olganini maʼlum qilishdi. Biroq keyin uning ahvoli ogʻirlashgan. Shundan soʻng shifokorlar Ramzan Qodirovga Moskvadagi kasalxonaga murojaat qilishni tavsiya etishgan.

Tibbiy maʼlumotlarga koʻra, chechen yetakchisida oʻpkasi zararlangani tasdiqlangan. U koronavirusga chalingani esa taxmin qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?