Quyonchilik klasteri oila daromadi manbaiga aylanmoqda

08:24 09 Iyul 2020 Iqtisodiyot
921 0

Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi davomida quyonchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, sohani rivojlantirish orqali oilalar daromadini shakllantirish yuzasidan oʻz koʻrsatmasini bergan edi. Oradan oʻtgan qisqa vaqt mobaynida hududda bir nechta quyonchilik klasterlari tashkil etildi. Ulardan biri Buloqboshi tumanidagi “Badalovlar kelajagi-2020” korxonasi tomonidan kam taʼminlangan oilalarga 500 dan ortiq quyon tarqatildi.

— Quyon kam oziqlanishi, tez koʻpayishi, koʻp eʼtibor talab qilmasligi va kam joy egallashi bilan haqiqiy oilaviy biznesga asos boʻladigan soha ekan, — deydi tumanning Kulla MFYda istiqomat qiluvchi Nortoji Berdiyeva. — Bir juft quyon 5-6 haftadan soʻng bir necha boshga koʻpayishi va uning goʻshti, terisi, yungi qayta ishlab chiqarish jarayonida ham daromad keltiruvchi vosita ekanligini inobatga olsak, aholi turmush tarzini shakllantirishda bu sohaning ahamiyati juda katta.

Korxonaga tez kunlarda Italiya davlatidan 100 dona naslli ona quyonlar olib kelinishi rejalashtirilgan. Loyihaga binoan ularning soni 6 oy davomida 3 mingtaga yetadi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?