Quruvchi, chizmachi, kimyo oʻqituvchisi:  Hokimliklarda til boʻyicha maslahatchilarning 115 nafari boshqa mutaxassislik egasi

17:06 22 Oktyabr 2020 Jamiyat
318 0

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat boshqaruvi organlari, viloyat va tuman (shahar) hokimliklarida maslahatchi lavozimini joriy etish belgilangan. Bosh prokuratura boshqarma prokurori Murodulla Tursunmetovning maʼlum qilishicha, maslahatchi lavozimiga ustuvor ravishda filolog (oʻzbek tili) va jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotli shaxslar tayinlanishi lozim boʻlsada, hokimliklardagi maslahatchilarning 115 nafarini boshqa mutaxassislikka ega shaxslar tashkil etgan.

“Masalan, Buxoro viloyati hokimligida kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent shahar hokimligida menejment, Chimboyda chizmachilik, Paxtakorda yer usti transport tizimlari, Gʻallaorolda muhandis - quruvchi, Zarbdor va Mirzachoʻlda muhandislik - kommunikatsiyalari mutaxassisligiga ega xodimlar faoliyat yuritmoqda. 

Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining faoliyati lozim darajada yoʻlga qoʻyilmasdan, xodimlarni til boʻyicha malaka oshirishiga eʼtiborsizlik bilan qaralayotganligi yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.

Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosi taʼminlanmay, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markaziga hozirga qadar Markazga bino ajratish masalasi Toshkent shahar hokimligi tomonidan hozirga qadar hal etilmagan.

Markazning hududiy boʻlinmalari, jumladan Namangan, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyat hududiy boʻlinmalari ham yetarli moddiy - texnik jihozlar bilan taʼminlanmagan”, dedi Tursunmetov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?