Qurtlagan tovuq goʻshti sotilgani aks etgan video tarqaldi

14:56 16 May 2019 Jamiyat
1270 0

Ijtimoiy tarmoqlarda qurtlagan tovuq goʻshti sotilgani haqida video tarqaldi. Unda grill sifatida tayyorlangan tovuq goʻshtining ichidan zararli hasharotlar chiqib kelayotganini koʻrish mumkin.

Mazkur video muallifi tovuq goʻshtini qayerdan sotib olgani haqida maʼlumot bermagan. Tarmoqlarda videoni ulashayotgan mualliflar esa “Uning shevasidan voqea Toshkent shahrida sodir boʻlganini“ taxmin qilishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Samarqanddagi kafelarning birida qurtlagan goʻsht sotilayotgani haqida video tarqalgan, keyinchalik bu voqea yolgʻon, uyushtirilgan voqeiylik ekani maʼlum qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?