Qurʼon maktabida yongʻin. 28 kishi hayotdan koʻz yumdi. Ularning 26 nafari bolalar

14:39 19 Sentyabr 2019 Dunyo
238 0

Liberiya poytaxti Monroviya yaqinidagi Qurʼon maktabida yongʻin kelib chiqishi oqibatida kamida 26 bola va 2 nafar yoshi katta inson hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Ouest-France fransuz gazetasi xabar berdi.

Yongʻin 18-sentyabr kuni tunda roʻy bergan.

Liberiya prezidenti Jorj Vea voqea joyiga keldi. “Men oʻtgan tunda maktabni qoplab olgan yongʻin oqibatida hayotdan koʻz yumgan bolalar uchun ibodat qilaman. Bu qurbonlarning yaqinlari va butun Liberiya uchun ogʻir damdir. Halok boʻlganlarning oila aʼzolariga eng chuqur hamdardligimni bildiraman”, - deb yozgan u Twitter-akkauntida.

Fojea sabablari hozircha aniq emas. Tekshiruv ishlari olib borilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?