Qozogʻiston Prezidenti Nazarbayev isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi

18:09 19 Mart 2019 Siyosat
1612 0

Qozogʻiston Prezidenti Nursultan Nazarbayev egallab turgan lavozimini tark etishini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Endilikda Qozogʻiston Senati raisi Kasim-Jomart Tokayev vaqtincha prezident sifatida mamlakatni boshqarib turadi.

Maʼlumot uchun, Nazarbayev 1990 yildan boshlab mamlakatni boshqarib kelayotgandi. 2015 yilda u beshinchi marta mazkur lavozimga saylangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?