Qozogʻistondagi YTHda ikki nafar oʻzbekistonlik vafot etdi

09:30 15 Avgust 2019 Jamiyat
33 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra 2019-yil 14-avgust kuni erta tongda Qozogʻistonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Unda 3 odam, jumladan 2 nafar yoʻlovchi – Oʻzbekiston fuqarolari M.I. va G.T. vafot etdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

YTH boʻyicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhumalarning jasadlarini vatanga yuborish boʻyicha ularning oila aʼzolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam koʻrsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildiradi hamda Qozogʻistonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozogʻiston, Turkiston, Jambil va Qiziloʻrda viloyatlari hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-291-11-78.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?