Qozogʻistonda parranda grippi aniqlangani bois Rossiya ushbu mamlakat bilan chegarada cheklovlar oʻrnatdi

19:03 05 Avgust 2020 Dunyo
373 0

Xavfli H5N8 virusi belgilari aniqlangani sababli Qozogʻiston Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada cheklovlar joriy qildi, deb xabar berdi Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy sayti.

Vazirlik veb-saytiga koʻra, parranda grippi bilan bogʻliq eng xavfli hudud Qozogʻistonning shimoli-gʻarbida joylashgan.

“Joriy yilning 3-4-avgust kunlari Rossiya Federal veterinariya va fitosanitariya nazorati xizmatining Chelyabinsk boʻlimi ushbu hududda aniqlangan parranda grippi virusining genetik xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot tarqatdi. Oʻlgan qushlardan olingan barcha namunalarda H5N8 gripp virusining kichik turi aniqlandi. Maʼlumki, barcha turdagi qushlar grippga moyil. Bu qishloq xoʻjaligi, sinantrop va yovvoyi qushlarning yuqumli va tez tarqaladigan virusli kasalligi. Shu sababli, parranda grippining ommaviy tarqalishi xavfi mavjud”, - deyiladi bayonotda.

Chegara hududlaridagi epizootik vaziyat mintaqalar veterinariya xizmatining alohida nazorati ostida.

H5N8 odamlar uchun past patogenli deb hisoblansa ham, olimlar fikricha, odam grippning boshqa turi bilan kasallansa, u tez oʻzgarishi va halokatli boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?