Qozogʻistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni yana oshdi

23:25 24 Mart 2020 Dunyo
166 0

Illyustrativ surat

Qozogʻistonning Jambil va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida bittadan kasallik holati qayd etilgan. Oldinroq Chimkentda ham koronavirus infeksiyasi bilan birinchi holat tasdiqlangan edi.

Shu tariqa ushbu mamlakatda kasallikni yuqtirib olganlar soni 72 nafarga yetdi.

Bungacha Nur Sultonda — 36 ta, Almatida — 29 ta, Qaragʻandada — 2 ta, Olmaota viloyatida — 1 ta, Oqtoʻbe viloyatida — 1 ta holat roʻyxatga olingan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?