Qozogʻiston parlamenti poytaxt nomini Nursulton deb oʻzgartirishni maʼqulladi

17:54 20 Mart 2019 Dunyo
502 0

Qozogʻiston parlamenti deputatlari ikkinchi, yakuniy oʻqishda poytaxtni Nazarboyev sharafiga Nursultan deb nomlash toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaga tuzatishlarni qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Xabarda qayd qilinishicha, Qozogʻiston parlamenti quyi palatasi spikeri Nurlan Nigmatulin ushbu qarorni tarixiy, deb atagan.

Bundan oldin, Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Ostona shahri nomini Nursultan deb oʻzgartirishni taklif qilgandi.

Bundan tashqari, Tokayev Nazarboyevni davlatda mavjud boʻlgan barcha yuksak unvonlar bilan taqdirlashni taklif qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?