Qozogʻiston Oʻzbekistonga yirik shoxli chorva sotishni cheklamaydigan boʻldi. Faqat...

11:57 22 Avgust 2019 Jamiyat
595 0

Avvaliga barcha turdagi chorva mollarini sotishga taqiq qoʻyish haqida oʻylangan edi, keyin bu fikr oʻzgardi.

Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi yirik shoxli chorvani Oʻzbekistonga olib kirilishiga toʻliq taqiq kiritilishini bekor qildi. Bu katta talab mavjudligi bilan bogʻliq. Cheklovlar esa faqat urgʻochi mollarga taalluqli, deb xabar berdi “Informbyuro”.

Bundan oldin qozogʻistonlik fermerlar Oʻzbekistonga juda katta miqdorda chorva olib kirayotgani, chunki bu yerda mol goʻshtini sotish foydaliroq ekani xabar berilgan edi. Bu esa Qozogʻistonning oʻzida goʻsht taqchilligini yuzaga keltirib, narxlarni koʻtarib yubordi.

“Avvaliga hamma turdagi chorvani chegaradan tashqariga olib chiqilishini taqiqlash masalasi koʻrib chiqilgan edi, ammo keyin biz Goʻsht ittifoqi bilan hamkorlikda agar mamlakat ichkarisida qayta ishlash quvvatlari yetarli emas ekan, xorijga 30 foizli ustama haq bilan chiqarish biznes uchun foydali degan qarorga keldik, - dedi vazir oʻrinbosari Gulmira Isayeva. - Nega bunday qilmasligimiz kerak. Shuning uchun faqat urgʻochi mollar olib chiqilishiga taqiq qoʻyish boʻyicha qaror qabul qildik”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?