Qorda qolgan kengurular

09:55 13 Avgust 2019 Dunyo
88 0

Kecha Avstraliyada kutilmaganda qor yogʻdi. Bunda anomal ob-havo oxirgi marta bundan 35 yil oldin roʻy bergan ekan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa qorda sakrab, yugurib yurgan kengurular tasvirlari paydo boʻldi va tezda ommalashib ketdi. Bu haqda news.com.au xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea Goulbern fermasi yaqinida suratga olingan.

Rolikda oʻnlab kengurular qor ustida sakrab yurganini koʻrish mumkin.

Tarmoq foydalanuvchilari bunga ikki xil munosabat bildirildi. Ayrimlar jonivorlar noodatiy ob-havoda oʻynab yurishibdi, degan boʻlishsa, boshqalar kengurular sovuqdan pana joy topishga urinishmoqda deya rahmi kelib gapirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?