Qoraqalpogʻistonda qolipli non 1500 soʻmdan sotilmoqda...

16:21 08 Noyabr 2019 Jamiyat
317 0

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va ayrim viloyatlardagi qolipli non narxini oʻrganib, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan edi.

Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim hududlarida qolipli non narxini 2500 soʻmdan sotilayotgani toʻgʻrisidagi xabarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi mutasaddi rahbarlari befarq qaramagan holda butun respublika hududida qolipli non narxini 1500 soʻmdan sotilishi nazoratini qoʻlga olishdi.

Yurtimizning barcha hududlarida un va non mahsulotlari narxini nazorati yoʻlga qoʻyilishini kutib qolamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?