Qonun kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi

14:55 11 Oktyabr 2019 Jamiyat
807 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Rahim Sherqulov, Onlayn. “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan muhokama etilgan kun tartibidagi yana bir masala boʻldi.

Qonun toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchi va toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchi boʻlgan jismoniy va yuridiq shaxslar oʻrtasida toʻlovlarni amalga oshirish hamda toʻlov xizmatlari koʻrsatish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonunning amal qilishi kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bundan tashqari, toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning 
va toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari 
va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, toʻlov xizmatlari tizimini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi rivojlantirilishini qoʻllab-quvvatlash toʻlovlar va toʻlov tizimlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.

Qonunga asosiy tushunchalar kiritilib, toʻlov tizimi va uning ishtirokchilari, operatorlarga taʼrif berilmoqda, ularning funksiyalari, shuningdek toʻlov tizimlari turlari va ularning muhimligini aniqlash mezonlari, ularni saqlab turish qoidalari ochib berilmoqda, tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga, muhim toʻlov tizimining ishlashini oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazishga, toʻlov tizimidagi toʻlovlarning yakunlanganligiga doir normalar belgilanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?