Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi

09:35 17 Iyun 2019 Jamiyat
1344 1

Toshkent shahridagi Qoʻyliq ulgurji bozorida bozorda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy maʼlumot berildi.

Qayd qilinishicha, 16-iyun soat 13:53da 101 raqami orqali Bektemir tumanida yongʻin boʻlgani haqida xabar qilingan. Yongʻin Toshkent halqa avtomobil yoʻli boʻyidagi “Davru Davron avto” MCHJga qarashli yuk mashinalar avtoturargohida va yonma-yon joylashgan “Koʻklangi vodiy” ulgurji bozori hududida kelib chiqqan boʻlib, 60-70 metr kvadrat joydagi yogʻoch taglama va boʻsh yashiklar yongan.

Soat 14:35da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Qurbonlar yoʻq. Hozircha jabrlanganlar va yongʻin sababi haqida maʼlumotlar aniqlashtirilmoqda.


Izohlar


Аҳад Муҳаммадиев

Тошкент шаҳридаги Қўйлиқ улгуржи бозорида бозорда ёнғин содир бўлди.

17:3817.06.2019