Qishloqdan chiqqan qiz barcha test savollariga bexato javob berdi

16:28 07 Avgust 2019 Jamiyat
2718 0

Qoʻshrabot tumanining Joʻsh qishlogʻida tugʻilgan Abdulhakimova Mohina Farhod qizi test sinovlarida toʻplash mumkin boʻlgan eng maksimal ball – 189 ball toʻplab, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining buxgalteriya hisobi va audit taʼlim yoʻnalishida birinchi, Toshkent moliya institutining moliya taʼlim yoʻnalishida – ikkinchi va shu institutning iqtisodiyot yoʻnalishida uchinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Mohina chet tili (ingliz tili) boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan va u mazkur taʼlim yoʻnalishlari fanlar blogida ikkinchi hisoblangan chet tilidan test topshirmagan. Lekin birinchi (matematika) hamda ikkinchi (ona tili va adabiyot) blok fanlaridan ham 60 ta savolning barchasiga toʻgʻri javob bergan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?