“Qishloq qurilish bank” 18460 nafar oilaga mikrokredit ajratdi

08:34 19 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
243 0

2019-yil 18sentyabr kuni “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga bank faoliyatida bu yoʻnalishda erishilayotgan natijalar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida, bank markaziy idorasida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus boshqarmasi va bank filiallarida Tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus boʻlimlari tashkil qilindi.

Mazkur Qaror ijrosini taʼminlash va “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank”ga 291,4 mlrd. soʻm kreditlar ajratish belgilangan.

Bank tomonidan 2019-yil 18-sentyabr holatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha 101,5 mlrd. soʻm hamda “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha 265,0 mlrd.soʻm -jami 366,5 mlrd.soʻm resurs mablagʻlari olinib, toʻliq oʻzlashtirildi.

18460 nafar oilaga ajratilgan mikrokreditlar tadbirkorlikning quyidagi sohalariga yoʻnaltirildi:

Naslli qoramol sotib olish uchun 4 513 ta oilaga 99,4 mlrd.soʻm;

qoʻychilik uchun 1715 ta oilaga 32,1 mlrd.soʻm;

quyonchilik uchun 200 ta oilaga 4,5 mlrd.soʻm;

asalarichilik uchun 694 ta oilaga 16,7 mlrd.soʻm;

parrandachilik uchun1323 ta oilaga 25,2 mlrd. soʻm;

baliqchilik uchun 118 ta oilaga 3,9 mlrd.soʻm;

issiqxona tashkil qilish uchun 2153 ta oilaga 48,3 mlrd. soʻm;

tikuvchilik uchun 3208 ta oilaga 48,1 mlrd. soʻm;

hunarmandchilik uchun 216 ta oilaga 6,0 mlrd.soʻm;

qandolatchilik uchun 2710 ta oilaga 21,7 mlrd. soʻm;

boshqa tadbirkorlik faoliyatlari uchun 1439 ta oilaga 56,5 mlrd. soʻm mikrokreditlar ajratildi.

Matbuot anjumanida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida belgilanayotgan navbatdagi vazifalar hamda bank faoliyatining kelgusidagi asosiy yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Bank axborot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?