Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

21:43 28 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
252 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 9 oyida qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari boʻyicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?

Qashqadaryoda eng koʻp donli ekinlar yetishtirilgan (790,2 ming tonna mahsulot).

Samarqandda eng koʻp sabzavotlar yetishtirilgan (1162,5 ming tonna).

Samarqandda eng koʻp kartoshka yetishtirilgan (512,1 ming tonna).

Surxondaryoda eng koʻp poliz ekinlari yetishtirilgan (195,7 ming tonna).

Andijonda eng koʻp meva va rezavorlar yetishtirilgan (417,5 ming tonna).

Samarqandda eng koʻp uzum yetishtirilgan (479,0 tonna).

Qashqadaryoda eng koʻp goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan (221,4 ming tonna).

Samarqandda eng koʻp – 982,1 ming tonna sut olingan.

Toshkent viloyatida eng koʻp – 987,2 million dona tuxum olingan.

Xorazmda eng koʻp – 7 909 tonna baliq ovlangan.

Samarqandda 1586,1 ming bosh yirik shoxli qoramol bor.

Qashqadaryoda 4583,4 ming bosh qoʻy va echkilar bor.

Toshkent viloyatida eng koʻp – 51105 bosh otlar bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?