Qirgʻizistonga ham xitoylik shifokorlar guruhi yetib keldi

17:18 20 Aprel 2020 Dunyo
252 0

Qirgʻizistonga 10 kishilik xitoylik shifokorlar guruhi yetib keldi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Bugun samolyot “Manas” aeroportiga qoʻndi. Bundan avval mamlakatga polshalik mutaxassislar keldi.

Xitoylik shifokorlar mahalliy mutaxassislarga yordam koʻrsatib, koronavirusga qarshi kurashda oʻz tajribalari, shuningdek, bemorlarni davolash usullari bilan boʻlishadi.

Mutaxassislarni mamlakatga yuborish toʻgʻrisida kelishuvga Qirgʻiziston prezidenti va XXR raisi oʻrtasidagi 14-aprelda oʻtkazilgan muloqot chogʻida erishilgan.

Qirgʻizistonda koronavirusga chalingan soni 568 tani tashkil qiladi. 201 kishi sogʻaydi, 7 kishi vafot etdi.

Eslatib oʻtamiz, 17-aprel kuni Oʻzbekistonga 15 kishilik xitoylik shifokorlar guruhi yetib kelgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?