Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida otishma roʻy berdi. Qirgʻiz chegarachisi halok boʻldi

11:58 17 Sentyabr 2019 Dunyo
270 0

Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida roʻy bergan otishma oqibatida bir nafar qirgʻiz chegarachisi halok boʻldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, tojik tomoni birinchi boʻlib avvaliga Maksat qirgʻiz chegara posti va Botkent viloyati Laylak tumanidagi Soy postiga qarata oʻt ochib, otishmani boshlagan. Qirgʻiz chegarachilari bunga javoban Tojikiston hududini oʻqqa tutgan.

Ayni paytga kelib otishma toʻxtatilgan.

Qirgʻiziston hukumatidagi manbaga koʻra, tojik chegarachilari qirgʻiz zastavasi(soqchilar otryadi)ga qarata minomyotdan ham oʻt ochgan.

Maʼlumot uchun, 14-sentyabr kuni Laylak tumanidagi qirgʻiz-tojik chegarasining qayd qilinmagan uchastkasida Tojikiston fuqarolari ruxsatsiz qurilish ishlarini boshlashgan. Qirgʻiz tomoni esa buni toʻxtatishni talab etgan. Shundan soʻng mojaro kelib chiqqan.

Eslatib oʻtamiz, qirgʻiz-tojik chegarasi uzunligi 971 km.ga teng. Ikki tomon oʻrtasida chegara chiziqlarini delimitatsiya qilish ishlari 1990-yillarda boshlangan edi, ammo bu jarayon toʻxtatilgan va ikki yil oldin qayta tiklangandi. Bugungi kunda 971 km.dan 583 km. belgilab olingan.

Qirgʻiziston hukumati rasmiy sayti xabariga koʻra, mamlakat bosh vaziri Muxammedkaliy Abilgaziyev mojaro sodir boʻlgan hududga tashrif buyurib, tezkor yigʻilish oʻtkazgan. Uning tafsilotlari hozircha maʼlum qilinmagan. Oʻz navbatida mahalliy aholi bilan uchrashgan, jabrlanganlar holidan xabar olish uchun shifoxonaga ham borgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?