Qashqadaryoda yoqqan kuchli yomgʻir va doʻl qishloq yoʻllarini vayron qildi

16:09 05 Aprel 2019 Jamiyat
1795 0

Qashqadaryo viloyatining togʻli hududlariga sel keldi. Tungi soat ikkilarda yomgʻir yogʻib, doʻlga aylangan. Har biri dovuchchaday keladigan doʻl bir pastda hamma joyni suvga toʻldirgan.

Odamlarning aytishicha, yogʻingarchilik taxminan 40 daqiqa davom etgan. Agar u uzoqroq davom etganda yigʻilgan suvni boshqarishning iloji boʻlmasligi mumkin edi. Faqatgina yomgʻir va doʻl hisobiga hovlilar suvga toʻlib, uylarning ichigacha kirib ketgani aytilmoqda. Suvni tortib olishga nasoslar ulgurmagan.

Sel suvi ariqlardan toshib, qishloq yoʻllarini vayron qilgan. Mevali daraxtlar hosilini toʻkib tashlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?