Qashqadaryoda mudhish YTH sodir boʻldi. Qurbonlar bor

12:41 04 Aprel 2020 Jamiyat
4138 0

arxiv

Qashqadaryoda muhish yoʻl transport hodisasi roʻy berdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 2020-yilning 04-aprel kuni soat 00:50 da haydovchi 28 yoshli F.Sh., “Spark” rusumli avtomashinasini Muborak tumani Sariq qishlogʻidan oʻtuvchi “4P-96” avtomobil yoʻlida boshqaruvni yoʻqotgan. Soʻng qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketib, shu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli F.X., boshqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir qilgan.

Natijada “Spark” avtomashinasi yonib ketib, haydovchi F.Sh. va uning yoʻlovchilari, 27 yoshli B.D. va 26 yoshli A.M., lar hodisa joyda vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?