Qashqadaryoda 43 yoshli ayol oʻziga oʻt qoʻyib halok boʻldi

11:09 02 Iyul 2020 Jamiyat
4877 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yerini qoʻshnilari noqonuniy olib qoʻyganiga norozilik bildirgan 43 yashar Yakkabogʻlik ayol oʻziga oʻt qoʻyib halok boʻlgani haqida” xabar tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi bayonot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 26-iyun kuni Yakkabogʻ tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga Yakkabogʻ tumani, “Oqtosh” MFY, Bogʻzor koʻchasida yashovchi fuqaro M.Abdiazizova kuyish tana jarohatlari bilan kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabogʻ tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, shu kuni JKning 103-moddasi

1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fuqaro M.Abdiazizova qoʻshnisi P.Qodirov va E.Pardayevlar bilan yer masalasida oʻzaro janjallashib kelgani sababli, joriy yilning 26-iyun kuni fuqaro E.Pardayevning “Oqtosh” MFY raisiga qilgan murojaati asosida mahalla raisi Q.Kenjayev, “Yermulk-kadastr” DK Yakkabogʻ tumani filiali mutaxassisi B.Xushmurodov va tuman IIB profilaktika inspektori M.Egamberdiyevlar nizoli yer uchastkasiga kelishib, ulardan yerga oid hujjatlari soʻrashganida, M.Abdiazizova yashash uyi hovlisiga kirib, ustiga benzin sepib chiqib, qoʻlidagi gugurt bilan oʻziga oʻzi oʻt qoʻygan.

Yakkabogʻ tumani tibbiyot birlashmasining maʼlumotnomasida, fuqaro M.Abdiazizovaning olgan tan jarohati tananing alangadan 96 foiz, III-IV darajali kuyish koʻrinishida ekanligi koʻrsatilgan.

M.Abdiazizovaga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar koʻrsatilgan boʻlishiga qaramasdan u 27.06.2020-yilda vafot etgan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?