Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

18:06 15 Sentyabr 2018 Jamiyat
1505 0
Mamatisayev Qudratali Yigitaliyevich

Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi tomonidan xabar qilinishicha, ushbu lavozimni Mamatisayev Qudratali Yigitaliyevich vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Q. Mamatisayev 1973 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1995 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasida soliq inspektori lavozimidan boshlab, 1997 yilgacha u ushbu inspeksiyada turli lavozimlarda ishlagan. 1997-2009 yillar davomida Davlat soliq qoʻmitasida masʼul lavozimlarda faoliyatini davom ettirgan. 2009-2014 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat yuritgan.

2014-2016 yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 2016-2018 yillar mobaynida Davlat soliq qoʻmitasida boshqarma boshligʻi lavozimida mehnat qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?