Qarovsiz qolgan bola gugurt oʻynashi oqibatida kelib chiqqan yongʻin tufayli vafot etdi

09:40 25 Avgust 2019 Jamiyat
87 0

Illyustrativ foto

2019-yil 23-avgust kuni soat 10:41da Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida Yakkabogʻ mahallasida yashovchi 46 yoshli Gʻ.Sh.ning uyida yongʻin sodir boʻlib, yongʻin qoʻshnilari S.R. va M.X. ismli ayolning uyiga oʻtgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin oʻchirilgan. Oqibatda yongʻin chiqqan uyning 180 kv.m. maydoni va ikki yon qoʻshnilar uyining tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zarar koʻrgan. Shuningdek yongʻin oʻchirish vaqtida Gʻ.Sh.ning 11 yoshli oʻgʻlining kuygan holdagi jasadi topilgan. Yongʻin Gʻ.Sh.ning 12 hamda 11 yoshli oʻgʻillarining gugurt oʻynashlari va hovlida turgan yelim idishdagi benzinni yonib ketishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?