“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi jarlikka qulab yonib ketdi, haydovchi vafot etdi

18:33 13 Iyun 2018 Jamiyat
423 0

12 iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida mudhish avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, S.O. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtomashinasini “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha haydab ketayotib “Qamchiq” dovonidan tushayotgan vaqtida boshqaruvni eplay olmay yo‘l o‘rtasida turgan temir to‘siqqa urilgan. So‘ngra qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib yo‘l chetidagi temir to‘siqlarni buzib jarlikka tushib ketgan.

Natijada yuk avtomashinasi to‘liq yonib ketgan. Haydovchi S.O. esa kuyish jarohati bilan voqea joyida halok bo‘lgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?