Putin rossiyalik musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutladi

21:12 24 May 2020 Dunyo
217 0

Foto: Gazeta.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan muborakbod etdi.

Putin ushbu ayyom oʻzida alohida maʼnaviy maʼnoni mujassam etishini taʼkidlagan. U bayram asrlar davomida nafaqat samimiy duolar, balki koʻmakka muhtojlarga eʼtibor qaratish bilan ham nishonlanib kelayotganini urgʻulagan.

“Taʼkidlaymanki, rossiyalik musulmonlar ota-bobolarining tarixiy, madaniy, diniy anʼanalariga chuqur ehtirom bilan qaraydi, ulgʻayayotgan avlodni ular bilan tanishtiradi. Rossiya musulmonlar jamoasi mamlakat hayotida faol qatnashmoqda, jamiyatda millatlararo tinchlik va fuqarolik totuvligini taʼminlash, oila institutini mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalashga bebaho hissa qoʻshmoqda”, — deyiladi Rossiya yetakchisi tabrigida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?