Pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln soʻmgacha likvidlik taqdim etiladi

10:41 20 Mart 2020 Iqtisodiyot
229 0

Foto: www.google.com

“Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln soʻmgacha likvidlik taqdim etiladi;

bankomatlar yetarli miqdordagi naqd pul mablagʻlari bilan uzluksiz taʼminlanadi;

masofaviy bank xizmatlari rivojlantiriladi.

Shuningdek, tijorat banklari tomonidan: ⬇️

turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi subyektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmogʻining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan kreditlar boʻyicha umumiy summasi 5 trln soʻmlik qarzdorliklarni toʻlash boʻyicha kechiktirish (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020-yil 1-oktyabrga qadar uzaytiriladi;

xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun, shu jumladan, isteʼmol bozorini eng zarur tovarlar bilan toʻldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratiladi.

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi joriy yil 22-martdan boshlab 2 oy davomida kunlik selektor yigʻilishlarini oʻtkazib, har bir hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma va boshqa sohalar barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash masalalarida muammolar boʻyicha tezkor qarorlar qabul qilib boradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?