Prezident kimlarni birinchi grippga qarshi emlash zarurligini maʼlum qildi

19:32 18 Sentyabr 2020 Siyosat
786 0

Bugun, 18-sentyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilish avvalida davlat rahbari koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga toʻxtalib oʻtdi. Kasallik hamon butun dunyo boʻylab keng tarqalayotgani, soʻnggi kunlarda mamlakatda ham bemorlar soni koʻpaygani afsus bilan qayd etildi. Temir intizom va tartibni taʼminlab, barcha joylarda sanitariya talablariga qatʼiy amal qilish kerakligi yana bir bor taʼkidlandi.

Kuz mavsumida shamollash koʻpayishi, koronavirusga qoʻshimcha boshqa kasalliklarning ortishini inobatga olib, bemorlar uchun yaratilgan zaxira oʻrinlarini koʻpaytirish, zarur tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va maktab oʻqituvchilarini, 65 yoshdan oshgan keksalarni grippga qarshi emlash zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?