Prezident: Statistik raqamlar bilan shu paytgacha xalqimiz manfaat koʻrmadi

13:35 22 May 2020 Siyosat
521 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazmoqda.

Davlatimiz rahbari soʻzining boshida barchani Ramazon hayiti munosabati bilan muborakbod etdi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish, ish oʻrinlari tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Andijon viloyatida 40 mingdan ziyod muhtoj oilalar borligi, sanoat loyihalari, qishloq xoʻjaligi va tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, oʻzini oʻzi band qilish hisobiga ularga daromad manbai yaratish zarurligi taʼkidlandi.

- Bosh vazir oʻrinbosarlari, hokimlar va sektor rahbarlari har bir kambagʻal oila muammolarini aniq bilishi, ular bilan manzilli ishlashi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Endi har bir sektorda “Kambagʻallikni qisqartirish shtabi” tashkil etilishi belgilandi. Bu shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktiriladi. Ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bogʻliq boʻladi. Soliq idoralari tekshiruvchi emas, soliqchiga koʻmakchi boʻladi.

- Statistik raqamlar bilan shu paytgacha toʻgʻri yoʻnalish qilib boʻlmadi, xalqimiz manfaat koʻrmadi. Takliflar tumanlardan, odamlarning oʻzidan chiqishi kerak. Vazirlar, rahbarlar kabinetda emas, hududlarda, uzoq qishloqlarda ishlashi zarur. Shunday ogʻir sharoitda fidoyi boʻlmagan rahbar — xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar. Davlat idorasi vakili xalqqa qancha yaqin boʻlsa, joylarda shuncha natija boʻladi, adolat mezoni taʼminlanadi, — deya taʼkidladi Prezident.


Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?