Prezident Shavkat Mirziyoyev elektromobillarning iqtisodiy samaradorligiga alohida eʼtibor qaratdi

14:41 16 Sentyabr 2019 Siyosat
245 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasidagi “Shaffof omadli sanoat” qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur korxonada kelgusi yildan yuk tashuvchi karalar, 2021-yildan elektromobillar ishlab chiqarish moʻljallanmoqda.

Prezident elektromobillarning iqtisodiy samaradorligiga alohida eʼtibor qaratdi.

Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur loyihaning umumiy qiymati 30 million AQSH dollari boʻlib, shundan 24 million dollari xorijiy investitsiyadir.

Hisob-kitoblarga koʻra, yurtimizda ishlab chiqariladigan ekologik toza elektromobillar narxi 3 ming dollar atrofida boʻladi. Ular neft mahsulotlari cheklangan sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?