Prezident: “Oxirgi bir yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 26 foizdan 30 foizga yetgan boʻlsa-da, bu biz boshlagan islohotlar koʻlamiga nisbatan hali yetarli emas”

10:01 15 Avgust 2019 Siyosat
115 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-avgust kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda sanoatning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

– Oxirgi bir yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 26 foizdan 30 foizga yetgan boʻlsa-da, bu biz boshlagan islohotlar koʻlamiga nisbatan hali yetarli emas, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yil oxiriga qadar Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 25 ta, “Oʻzeltexsanoat”da 18 ta, “Oʻzavtosanoat”da 7 ta, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 5 ta investitsiya loyihasi boʻyicha yangi quvvatlar ishga tushirilishini jadallashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Qariyb 100 xil turdagi kundalik isteʼmol tovarlarini sanoat kooperatsiyasi orqali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, korxonalar bilan manzilli ishlab, ularning quvvatini oshirishga koʻmaklashish zarurligi taʼkidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?