Pomidor saraton rivojlanishi xavfini pasaytiradimi?

18:09 12 Mart 2019 Lifestyle
399 0

Illyustrativ foto

Amerikalik olimlar pomidor saraton kasalligi rivojlanishi xavfini pasaytirishini aniqlashdi.

Ularning aytishicha, taomlarda pomidorlardan foydalanish jigarda yogʻ kasalliklari, saraton va turli shamollashlar rivojlanishi xavfini kamaytirar ekan.

Olimlar sichqonlarda tajriba oʻtkazishdi. Hayvonlarning jigariga xatarli oʻsimtani shakllantiruvchi kanserogenni yuborishdi. Shundan soʻng ularning bir qismiga likopinga boy pomidor kukuni berildi.

Likopin kemiruvchilar organizmida shamollashni chaqiruvchi bir qator bakteriyalarning favqulodda oshib ketishini bartaraf etgan. Qolaversa, ularda jigardagi yogʻ kasalliklari va saraton paydo boʻlish ehtimoli pasaygan.

Alohida likopinning oʻzidan koʻra esa pomidor kukuni yanada yaxshiroq samara koʻrsatishi ham ayon boʻldi. Bu butun pomidor tarkibida yana Ye, S vitaminlari, minerallar, fenol birikmalari va ozuqa tolalari borligi bilan izohlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?