Pokistonlik muharrirga durdona kitoblar sovg'a qilindi

17:42 25 Dekabr 2019 Madaniyat
475 0

Pokiston Respublikasining 42 000 nusxada chop etiladigan “Ittihod” gazetasi bosh muharriri, 10 000 nusxada chiqadigan “Xalqaro tinchlik” jurnali muassisi Tohir Foruq Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurdi. Uyushma jamoasi va binosida joylashgan tahririyatlar – “Yoshlik”, “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi” – “Zvezda Vostoka” jurnallari tahririyatlari, “Ijod“ jamoat fondi bilan tanishdi. Mehmon “Ijod” kitob doʻkonini aylanib, Oʻzbekistonda ijod ahliga yaratilayotgan gʻamxoʻrliklardan hayratga tushgani, gazeta va jurnalida oʻzbek adiblarning asarlaridan berib borishini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Ijodiy safar davomida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi maʼsullari bilan uchrashib, kelgusidagi adabiy, noshirlik, jurnalistik aloqalar haqida kelishib olishdi. Muhtaram mehmonga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Abdurahmon Jomiyning oʻzbek tilidagi “Muhabbat mahzani” kitobi, Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanining inglizcha, oʻzbek, ingliz, rus tillarida chop etilgan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi“ kitoblar sovgʻa qilindi.

Adiba UMIROVA

(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?