Pilladan uchinchi hosil yigʻildi

13:07 11 Sentyabr 2020 Klaster
2423 0

Mamlakatimizda deyarli barcha sohalarda klaster tizimining joriy etilishi oʻzining ijobiy natijasini bera boshladi. Jumladan, Oltinkoʻl tumanida “Oltinkoʻl oltin ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyati klaster tashkiloti maqomini olgach pilladan toʻrt marta hosil olishga erishila boshlandi.

— Avvallari yilda bir marta hosil olarlik, — deydi kasanachi Mohiraxon Abdusalomova. — Bugungi kunga kelib uchinchi hosilni yigʻyapmiz. Buning uchun tumanimizda tutning yangi navi parvarishlanmoqda. Qolaversa, pillachilarga yaratilayotgan sharoit va qulayliklar ham ortmoqda. Masalan, endilikda pillachilar kasanachi hisoblanadi va ularning faoliyati mehnat stajiga hisoblanadi.

Bu yil klaster tomonidan kasanachilarga 2388 quti pilla tarqatilgan boʻlib, undan 140 tonna hosil olindi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?