Pentagon oʻz harbiy sunʼiy yoʻldoshini “buzgan” odamga katta miqdorda mukofot beradi

00:33 22 May 2020 Dunyo
194 0

Иллюстратив сурат

Pentagon harbiy sunʼiy yoʻldoshini buzib kirish boʻyicha tanlov eʼlon qildi.

AQSH harbiy-havo kuchlari taʼminot boʻlimi boshligʻining soʻzlariga koʻra, musobaqada ishtirok etish uchun allaqachon 900 dan ortiq kishi roʻyxatdan oʻtgan.

Qayd etilishicha, bunday tadbirlar AQSH harbiylariga nafaqat ishga kirishdan oldin uning kamchiliklarini aniqlashga yordam beradi, balki isteʼdodli insonlarni jalb qilishning faol usuli hisoblanadi.

Maʼlumotlarga koʻra, ishtirokchilar dastlabki bosqichda yerda joylashgan harbiy sunʼiy yoʻldoshni buzib kirishlari kerak boʻladi.

Tanlovning birinchi bosqichidandan muvaffaqiyatli oʻtganlar esakuchlarini orbitada joylashgan kichik harbiy sunʼiy yoʻldoshga kirishga urinishda sinab koʻrishadi.

Finalda esa uchta gʻolib aniqlanadi va ular 50,000 dollargacha boʻlgan mukofotlar bilan taqdirlanadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?