Parijda politsiyachi toʻrt hamkasbining hayotiga zomin boʻldi

11:45 04 Oktyabr 2019 Dunyo
370 0

Foto: Reuters

Fransiya matbuoti xabarlariga koʻra, pichoq bilan qurollangan shaxs Parijdagi politsiya markaziy qarorgohida toʻrt politsiya zobitini pichoqlab oʻldirgan.

Hujumchining ismi oshkor etilmayapti, ammo uning politsiya xizmatida ishlagani va hujum ortidan politsiya tomonidan otib oʻldirilgani xabar qilinmoqda, deb yozadi BBC.

Parij markazidagi hudud politsiya kuchlari tomonidan oʻrab olingan.

Ushbu hujum butun Fransiya boʻylab politsiya xodimlari ish tashlagan kundan bir kun oʻtib roʻy berdi.

Yaqinda boʻlib oʻtgan ish tashlashda politsiyachilar oʻzlariga nisbatan zoʻravonliklar koʻpayib borayotganidan norozilik bildirganlar.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 13:00 larda yuz bergan.

Hujum roʻy bergan joyga Prezident Emmanuel Makron. Bosh vazir Eduard Filipp, Ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner yetib borgan.

Parij politsiyasi bosh qarorgohi poytaxt qoq markazida joylashgan

Parij shahri meri Anne Hidalgo Notrdamm kafedral cherkoviga yaqin joylashgan Parij politsiyasi bosh idorasida bir necha inson oʻlgani haqida Tvitterda yozdi.

Fransiya matbuoti xabarlariga koʻra, 45 yoshda boʻlgan hujumchi Parij politsiyasida 20 yil ishlagan.

“Atrofda politsiyachilar vahimada chopib qolishdi”, deb aytgan guvohlardan biri mahalliy gazetalardan biriga.

“Men otishma ovozini eshitib hayron boʻldim. Chunki bunday joyda oʻq ovozi eshitilmaydi. Kimdir oʻz joniga qasd qilgan boʻlsa kerak, deb oʻyladim. Chunki oxirgi vaqtda politsiyachilarning oʻz joniga qasd qilishlari koʻpaygan”, deb aytgan guvoh.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?