Paraosiyo oʻyinlari qahramonlari munosib kutib olindi (fotogalereya)

09:59 16 Oktyabr 2018 Sport
958 0

15 oktyabr kuni soat 20:20da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Paraosiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilar ona vataniga qaytib kelishdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Aeroportda qahramonlarni hukumat vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ota-onalar, muxlislar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.

Sportchilarimiz sharafiga aeroport boʻylab Oʻzbekiston madhiyasi yangradi. Shundan soʻng ularning sharafiga maxsus tadbir tashkil qilindi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi Paraosiyo oʻyinlarida jami 77ta medalni qoʻlga kiritib, musobaqalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etgandi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

 

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?