Paradzyudochilarimiz Osiyo-Okeaniya chempionatini yuqori notada yakunlashdi 

13:59 09 Sentyabr 2019 Sport
62 0

Qozogʻistonning Atirau shahrida paradzyudo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kun bahslarida jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kun dasturida qatnashgan terma jamoalarimiz finalgacha yetib borib, yakunda kumush medal bilan taqdirlandilar. Yigitlarimiz hal qiluvchi bahsda mezbon jamoaga 2:3, qizlarimiz esa xitoylik paradzyudochilarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Eʼtiborlisi, -52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Sevinch Salayeva musobaqada “Gʻalaba uchun iroda” nominatsiyasining gʻolibi sifatida taqdirlandi.

Eslatib oʻtamiz, terma jamoamiz yakkalik bellashuvlari yakuni boʻyicha 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻargan edilar. Soʻnggi kundagi ikki kumush medali bilan hisoblaganda delegatsiyamiz musobaqani umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?