Ozish uchun nima ichish kerak? Eng yaxshi beshta ichimlik

10:54 26 Fevral 2019 Lifestyle
993 0

Illyustrativ foto

Mutaxassislar vaznni jismoniy yuklamalarsiz kamaytirishga yordam beruvchi, tanadagi yogʻlarni erituvchi ichimliklar reytingini tuzishdi. Roʻyxat Daily Star nashri tomonidan eʼlon qilindi.

Reytingning eng yuqori pogʻonasidan koʻk choy joy olgan. U metabolizm – organizmda moddalar almashinuvini tezlashtirishga va buning natijasida yogʻlarni eritishga imkon beruvchi flavonidlar va kofeinga boy. Mutaxassislarning aytishicha, ozish uchun koʻk choydan har kuni 2-3 chashka ichish lozim.

2-oʻrinda tomat sharbati joy olgan. Ushbu ichimlikdan kuniga bir stakandan isteʼmol qilish uni isteʼmol qilmaganlarga nisbatan bel qismida 50 foizdan koʻproq yogʻdan forigʻ boʻlishga olib keladi. Bundan tashqari, tomat sharbati organizmdagi xolesterin darajasini kamaytiradi.

3-oʻrin olma sirkasiga berilgan. U moddalar almashinuvini faollashtiradi va toʻplangan yogʻdan energiya manbai sifatida foydalanadi. Vazn tashlash uchun undan kuniga 2-3 osh qoshiq suvga aralashtirib ichish kifoya qiladi.

Roʻyxatning 4-oʻrnini zanjabil egallagan. Bu modda toʻqlik hissini koʻproq his qilishga imkon beradi. Bir stakan zanjabil ichimligini olish uchun qirgʻichdan 1,5 choy qoshiq zanjabil chiqarib, uni 10 daqiqa qaynoq suvda damlash lozim.

Roʻyxatning soʻnggi pogʻonasini oddiy ichimlik suvi egallagan. Kuniga 8 stakan suv ichish qorinning shishishi va hazm qilish faoliyatining buzilishiga olib keluvchi degidratatsiya rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, organizmda suv balansiga amal qilish samarali ozishning garovi hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?