Oʻzimda koronavirus infeksiyasi borligiga shubham boʻlsa, uning bor yoki yoʻqligini qanday bilsam boʻladi?

15:02 25 Iyul 2020 Jamiyat
3727 0

Oʻzimda koronavirus infeksiyasi borligiga shubham boʻlsa, uning bor yoki yoʻqligini qanday bilsam boʻladi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi shtab aʼzosi Habibulla Oqilov javob berdi.

«Birinchi navbatda – sarosimaga tushmaslik. COVID-19 tufayli xavotirda boʻlish – bu tabiiy hol. Lekin nazarda tutingki, aksariyat odamlar COVID-19ni nisbatan yengil oʻtkazadilar.

Agar oxirgi ikki hafta mobaynida koronavirus bilan zararlangan bemor bilan bevosita muloqotda boʻlganingiz aniqlansa, bilingki siz kasallikning yengil turini oʻtkazayotgan boʻlishingiz mumkin va sizda quyidagi simptomlar boʻlishi kerak:

➖tana harorati normal boʻlishi yoki 38-38,5 darajagacha koʻtarilishi;

➖terlash;

➖ yoʻtal;

➖ holsizlik kuzatilishi mumkin.

Boʻlishi va boʻlmasligi mumkin simptomlarga quyidagilar kiradi:

➖bosh ogʻrigʻi,

➖tomoqdagi ogʻriq,

➖burun bitishi,

➖hid va taʼm sezishning pasayishi yoki yoʻqolishi,

➖ koʻngil aynashi,

➖qusish va diareya (ich ketishi)», deydi Oqilov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?