“Oʻzbekkino” va qator hokimliklarda til boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etilmagan. 8 hokimlikda esa maslahatchi oʻrni “vakant”

16:21 22 Oktyabr 2020 Jamiyat
291 0

Avvalroq, Davlat tili haqidagi qonun talablarini buzish bilan  bogʻliq   15 mingdan ortiq holat aniqlangani haqida maʼlumot bergan edik.

Bosh prokuratura boshqarma prokurori Murodulla Tursunmetov davlat idoralarida ish yuritish hujjatlariga rioya qilinmayotgani haqida ham maʼlumot berdi.

“Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha rahbar maslahatchilari lavozimiga kadrlarni tanlash masalasi toʻgʻri hal etilmayotganligi qonun buzilishlarni oldini olish imkonini bermayapti.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat boshqaruvi organlari, viloyat va tuman (shahar) hokimliklarida maslahatchi lavozimini joriy etish belgilangan.

Biroq, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Boʻston, Izboskan, Marhamat, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Tayloq, Ulugʻnor, Fargʻona, Qoʻrgʻontepa tumanlari va Xonobod shahar hokimliklarida bunday lavozim joriy etilmagan boʻlsa, Boyovut, Jarqoʻrgʻon, Zangiota, Romitan, Sirdaryo, Forish tumanlari va Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlarida maslahatchi shtati xodim bilan toʻldirilmagan”, dedi Tursunmetov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?